Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dyokeresh Brunu, Enso va Virsni ortda qoldirmoqda

Dyokeresh Brunu, Enso va Virsni ortda qoldirmoqda

Baho:
+ | -

Shanba kuni Viktor Dyokeresh «Arsenal»ning «Sanderlend»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobida yakunlangan o‘yini qahramoniga aylandi va dubl qayd etdi.

Shvesiyalik hujumchi 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa-da, «qora mushuklar» darvozasini ikki bor ishg‘ol qilishga ulgurdi. Squawka nashrining xabariga ko‘ra, «to‘pchilar» futbolchisining 2026 yil boshidan buyon barcha musobaqalardagi samaradorlik ko‘rsatkichi 8 taga (6 ta gol va 2 ta assist) yetdi — bu ko‘rsatilgan davr mobaynida Premyer-liganing barcha vakillari orasidagi eng yaxshi natijadir. Ikkinchi o‘rinni «Manchester Yunayted»dan Brunu Fernandesh, «Liverpul»dan Florian Virs va «Chelsi»dan Enso Fernandes bo‘lishib turibdi — ularning hisobida 7 tadan ochko mavjud.

Viktor Dyokeresh «Arsenal»dagi debyut mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan yilning yozida London grandi hujumchini Lissabonning «Sporting» klubidan sotib olgan edi.

Kiritildi: 01:35, 08.02.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик