Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yildiz yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z tuyg‘ularini bayon etdi

Yildiz yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z tuyg‘ularini bayon etdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" klubi Yevropaning eng yaxshi jamoalari (jumladan, "Real Madrid") qiziqish bildirgan turk iqtidori Kenan Yildiz bilan kelishuvni rasman uzaytirdi. Shartnoma imzolangani e’lon qilinganidan so‘ng, Yildiz o‘z tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

"Birinchi navbatda Jon Elkannga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men juda xursandman, "Yuventus"da o‘zimni uydagidek his qilyapman, atrofimdagilar xuddi o‘z oilamdek. Ishonchim komilki, yaqin kelajakda bizni katta muvaffaqiyatlar kutmoqda", — deya Yildizning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "derbyderbyderby.it".

Eslatib o‘tamiz, hozirda Turin klubi A Seriya turnir jadvalida 23 turdan so‘ng 45 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 07:54, 08.02.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик