Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romeroni jiddiy diskvalifikasiya kutmoqda

Romeroni jiddiy diskvalifikasiya kutmoqda

Baho:
+ | -

"Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero Angliya Premyer-ligasi doirasida shanba kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan bahsda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Odatda, Angliyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri chetlatish uchta o‘yinlik diskvalifikasiyani anglatadi. Biroq Romero uchun jazo ancha qattiqroq bo‘ladi.

"Give Me Sport" nashrining xabar berishicha, Romero joriy mavsumda ikkinchi bor qizil kartochka olgani sababli, ichki musobaqalarda to‘rtta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Shu tariqa, Kristian Romero "Nyukasl", "Arsenal", "Fulxem" va "Kristal Pelas" jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi. Argentinalik futbolchi faqatgina mart oyi o‘rtalarida, "Liverpul"ga qarshi bahsda maydonga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 08:33, 08.02.2026.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик