Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik qanday qilib ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirganini aytib berdi

Flik qanday qilib ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirganini aytib berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Malyorka"ga qarshi kechgan bahsning (3:0) birinchi bo‘limidagi jamoa o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaganini tan oldi.

"Ko‘k-anorranglilar" tanaffusga Robert Levandovskining 29-daqiqada kiritgan goli evaziga kichik ustunlik bilan yo‘l olishgan edi.

"Tanaffusda men o‘yinchilarga faqat bitta savol berdim: "Siz mamnunmisiz?" Albatta, ular bunday o‘yindan xursand emasdilar — biz "Barselona" uslubida o‘ynamayotgan edik. Ikkinchi bo‘limda jamoa to‘p bilan tezroq harakat qila boshladi", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".

Uchrashuvning 61-daqiqasida Lamin Yamal kataloniyaliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi, 83-daqiqada esa Mark Bernal hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Kiritildi: 10:35, 08.02.2026.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик