Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti «Yuventus» bilan yangi kelishuv borasidagi savollarga javob berdi

Spalletti «Yuventus» bilan yangi kelishuv borasidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi ustozi Luchano Spalletti jurnalistlarning klub bilan shartnomani uzaytirish istiqbollari haqidagi savollariga javob berdi.

«Menimcha, bunday masalalardagi bosim faqat xalaqit beradi. Klub rahbariyatida hamma narsani tegishlicha baholab chiqish uchun vaqt bo‘lishi kerak. Hozirgi ustuvor vazifam — jamoani o‘yinlarga yaxshi tayyorlash. Oldinda hali o‘yinlar ko‘p. Bundan tashqari, shartnomasi tugayotgan futbolchilar bor, menimcha, rahbariyat ular bilan shug‘ullangani ma’qulroq», — deya Turin klubi murabbiyining so‘zlarini keltiradi «calcionapoli1926.it».

Eslatib o‘tamiz, Spalletti Igor Tudor bilan xayrlashilgandan so‘ng, jamoani qabul qilib olgan edi.

Kiritildi: 12:15, 08.02.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик