Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Napoli» yetakchisi safdan chiqdi

«Napoli» yetakchisi safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Napoli» klubi safida joriy mavsumning asosiy qahramonlaridan biriga aylangan Skott Maktominay Seriya A doirasidagi «Jenoa»ga qarshi navbatdagi o‘yinda jarohat oldi. Birinchi bo‘lim yakunida u zaxiraga olinishini so‘rashga majbur bo‘ldi. «Napoli» ustozi Antonio Konte vaziyatga izoh berdi.

«Skott yil boshidan beri yallig‘lanish tufayli muammolarga duch kelmoqda, bu esa mashg‘ulotlardagi yuklamalarni cheklashga majbur qiladi. U maydonda qolishni istagan edi, lekin men ehtiyot chorasini ko‘rishga qaror qildim», — deya neapolliklar murabbiyining so‘zlarini keltiradi «calcionapoli1926.it».

Eslatib o‘tamiz, shotlandiyalik futbolchi 2024 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda. Klub Seriya A turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:24, 08.02.2026.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик