Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" yoki "Manchester Siti": Tonali uchun kurashda favorit ma’lum bo‘ldi

"Arsenal" yoki "Manchester Siti": Tonali uchun kurashda favorit ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyalik xavbek Sandro Tonali agar jamoa mavsum yakunlariga ko‘ra Yevropa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, "Nyukasl"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Futbolchi "Arsenal" va "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda. Bu poygada "kanonirlar" yetakchilik qilmoqda, chunki yarim himoyachi Londonga ko‘chib o‘tishni juda xohlamoqda.

Sandroning transfer narxi 75 million yevroga baholanmoqda. 25 yoshli italiyalik futbolchining "qarg‘alar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Tonali 25 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 15:03, 08.02.2026.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик