Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Font prezident bo‘lsa, Flik ketishga qaror qilishi mumkin

Font prezident bo‘lsa, Flik ketishga qaror qilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik agar Viktor Font prezident etib saylansa, klubni tark etishi mumkin.

Jamoaning sport tuzilmasini belgilash prezidentlik saylovlaridagi asosiy masalalardan biriga aylanadi. «Marca» nashrining yozishicha, kim murabbiy va sport direktori bo‘lishi, shuningdek, nomzod qanday transferlarni amalga oshirishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Garchi saylovlar hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Joan Laportaning asosiy raqibi Viktor Font allaqachon o‘z niyatlarini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Flikni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq hozirgi sport direktori Deku bilan ishlashni istamaydi.

Bundan so‘ng nemis mutaxassisi Deku bilan ishlashdan mamnun ekanini va ular o‘rtasida o‘zaro ishonch shakllanganini ta’kidladi.

2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma mavjud bo‘lsa-da, agar Font prezident etib saylansa, Flik «Barsa»da qolish-qolmasligi noma’lumligicha qolmoqda. Eng ehtimoliy variant sifatida, bunday holatda murabbiy shartnomasining qolgan bir yilidan voz kechib, klubdan ketishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 16:00, 08.02.2026.
O'qildi: 1936 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик