Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Jarohat olgan Abduqodir Husanovning “Liverpul”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Jarohat olgan Abduqodir Husanovning “Liverpul”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining 25-turidan o‘rin olgan “Liverpul” — “Manchester Siti” uchrashuvida (1:2) asosiy tarkibda maydonga tushib, 61-daqiqada jarohat sabab almashtirildi. Himoyachi to‘p uchun kurashda Donnarumma bilan to‘qnashib ketdi. “Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola tavakkal qilishni istamay, uni Ruben Diashga almashtirdi.

Uchrashuv davomida Husanov 30 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 24 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 22 tasi aniq manzilga yetib bordi — 92 foiz aniqlik. Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 6,6 ball bilan baholadi.

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 7,7 ball. Futbolchi 84-daqiqada “Manchester Siti”ning birinchi goliga mualliflik qildi. Shuningdek, uchrashuv davomida faol harakatlari bilan ajralib turdi. Bir gol va bir assist muallifiga aylangan Erling Holand esa 7,5 ball bilan “shaharliklar” tarkibidagi eng yaxshi ikkinchi futbolchiga aylandi. “Liverpul” safida eng yuqori ballni Dominik Soboslai oldi — 7,7. Futbolchi o‘yin yakunida qizil kartochka bilan jazolangan bo‘lsa-da, jamoasining o‘yindagi yagona golini kiritdi.



Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” 50 ochko bilan Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida 2-pog‘onani egallab turibdi. Jamoa yetakchi “Arsenal”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Mag‘lub bo‘lgan “Liverpul” esa 39 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:34, 09.02.2026.
O'qildi: 10643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик