Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» Moldova klubi ustidan g‘alabaga erishdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» Moldova klubi ustidan g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan «Paxtakor» jamoasi 8 fevral kuni ikkinchi nazorat uchrashuvini Moldovaning «Petrokub» klubiga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv juda shiddatli va voqealarga boy tarzda kechdi.

Bellashuvning 7-daqiqasida hisob ochildi. Ibrohim Ibrohimovning aniq uzatmasidan keyin Hojimat Erkinov jarima maydoni ichida to‘pni nazoratga olib, chiroyli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. 27-daqiqada esa Turg‘unboyevning pasidan keyin Ibrohimovning o‘zi gol muallifiga aylanib, jamoamizning ustunligini oshirdi.

Birinchi bo‘lim davomida «Petrokub» ham faol harakat qildi va 33-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu hisobda tomonlar tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida tarkib o‘zgarishsiz qoldi. 59-daqiqada murabbiylar shtabi katta rotasiya qildi: maydonga bir qator yangi futbolchilar tushirildi va faqat Dilshod Saitov o‘yinni davom ettirdi. 69-daqiqada raqib yana bir bor darvozaga yo‘l topib, hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng «Paxtakor» yana tashabbusni qo‘lga oldi. 75-daqiqada tayinlangan penaltini Rustam Turdimurodov aniq amalga oshirib, jamoani yana oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada esa yana bir yosh debyutant — 2008 yilda tug‘ilgan Amirxon Murotov markaziy himoyachi sifatida maydonga tushdi.

Qolgan daqiqalarda «Paxtakor» ustunlikni saqlab qoldi va nazorat uchrashuvi jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu bellashuv yig‘in davomida tarkib va o‘yin variantlarini sinab ko‘rish uchun muhim tajriba vazifasini o‘tadi.

8 fevral, 2026 yil. Antaliya.
"Paxtakor" - "Petrokub" 3:2
Gol: Hojimat Erkinov (7), Ibrohim Ibrohimov (27), Rustam Turdimurodov (75).

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 08:29, 09.02.2026.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик