"Real" yangi murabbiy Alvaro Arbeloa davrida La Liganing 4 uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvlarda Kurtua darvozasiga yo‘llangan aniq zarbalar miqdori juda kam. Jamoaga qarshi o‘yinlarda "Levante" va "Valensiya" bironta ham aniq zarba yo‘llamadi. "Villyareal" 1 ta aniq zarba bergan bo‘lsa, "Rayo Valyekano" 4 bor Kurtua darvozasiga yo‘l topishga urinib ko‘rgan.
Ushbu to‘rt o‘yinda jamoa atiga 1 ta gol o‘tkazib yubordi.













