Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Laporta: "Boshlagan ishimizni yakunlamoqchimiz"

Laporta: "Boshlagan ishimizni yakunlamoqchimiz"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan klub rahbari saylovi haqida fikr bildirdi.

Laporta yangi muddatga nomzodini qo‘yadi, unga Viktor Font, Xaver Vilaxoana va Mark Siriya raqiblik qiladi.

"Biz Deku va Hans-Diter Flik bilan birgalikda sanani tanladik. Shuningdek, La Liga 15 mart kuni "Sevilya"ga qarshi o‘yin o‘tkazish istagimiz borligini ma’lum qilganmiz. Yagona muammo - Chempionlar Ligasi o‘yini, agar u 18 martga belgilangan bo‘lsa, unda biz sport manfaatlariga ustuvor ahamiyat beramiz.

Ishonchim komilki, klub a’zolari buni tushunishadi, chunki ular jamoaning g‘alaba qozonishini xohlashadi. Qanday bo‘lmasin, "Kamp Nou"dan tashqari, saylovda ishtirok etishni rag‘batlantirish uchun boshqa saylov uchastkalari ham bo‘ladi.

Saylov kampaniyasiga katta ishtiyoq va loyihamiz haqida so‘zlab berish istagi bilan yondashaman. Boshlagan ishimizni oxiriga yetkazmoqchimiz", - dedi Laporta.

Kiritildi: 15:54, 09.02.2026.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик