Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 2-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Mbappe hakamni masxaraboz dedi

Mbappe hakamni masxaraboz dedi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga (2:0) qarshi o‘yinda hakamlar ishini tanqid qildi.

"Bu qanday ofsayd bo‘lishi mumkin? Menga tushuntirish kerak. Keling, tribuna ostidagi xonaga kiraylik, siz menga tushuntirib bering, chunki men tushunmayapman. Men siz bilan gaplashyapman, siz esa menga qaramayapsiz, men bilan gaplashmayapsiz", - deya Mbappening zaxira hakamiga aytgan so‘zlarini keltiradi AS.

Shundan so‘ng, to‘rtinchi hakam unga e’tibor bermayotganini ko‘rgan Mbappe Kamavingaga o‘girilib, fransuz tilida "Masxaraboz hakamlar" dedi.

Mbappening g‘azabini tanaffusdan biroz oldin sodir bo‘lgan epizod keltirib chiqardi. "Valensiya" himoyachilari to‘pni olib qo‘ygach, hakam hujumchi ofsaydda qolib ketganini qayd etdi. Fransuz o‘ziga nima uchun ofsayd berilganiga tushunmadi va to‘rtinchi hakamdan qabul qilingan qarorni tushuntirib berishni so‘radi.

Kiritildi: 16:01, 09.02.2026.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик