Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«U maqtanmoqchi edi»: Ndiaye Braim Diasning finaldagi muvaffaqiyatsiz penaltisi haqida

«U maqtanmoqchi edi»: Ndiaye Braim Diasning finaldagi muvaffaqiyatsiz penaltisi haqida

Baho:
+2 | -

«Everton» va Senegal terma jamoasi hujumchisi Iliman Ndiaye Afrika Kubogi finalida «Real» hamda Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Braim Dias tomonidan ijro etilgan penalti borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Senegal terma jamoasi qo‘shimcha vaqtlarda Marokash ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 24-daqiqada Braim 11 metrlik zarbani  «panenka» uslubida ijro etdi, biroq to‘pni Senegal darvozaboni Eduar Mendi ushlab oldi. Ushbu zarbadan oldin penalti belgilanishi bo‘yicha bahslar kelib chiqqan va natijada Senegal jamoasi maydonni tark etgan edi.

«Men qandaydir hurmatsizlikni his qildim. U bizni haqorat qilmoqchi edi demayapman, lekin u sodir bo‘lgan voqealardan keyin shunchaki o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Bilmadim, men bunday zarba berishga tavakkal qilgan bo‘larmidim. Vaholanki, o‘z mamlakatining qiroliga aylanishiga sanoqli daqiqalar qolgan edi. Ular ko‘p yillardan beri g‘alaba qozona olishmayotgandi va yagona chora — imkoniyatdan foydalanib gol urish edi. Men ichimda: «Ha, u hozir adashadi, u adashadi», deb o‘yladim. Va u haqiqatan ham xato qildi. Biz esa bunga hech qanday munosabat bildirmadik. O‘yinni davom ettirdik. Shu sababli, nima uchun u bunday qilganini tushunmayman, lekin bundan xursandman. O‘ylaymanki, o‘sha vaziyatdan keyin biz g‘alaba qozonishimizni anglab yetdik», — deya Ndiayening so‘zlarini keltirmoqda «The Times».

Kiritildi: 01:27, 10.02.2026.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.