Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Keyn Saudiya Arabistoni klublari nishonida

Keyn Saudiya Arabistoni klublari nishonida

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning ingliz hujumchisi Xarri Keyn Saudiya Arabistoni klublarining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda "Kicker" nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ehtimoliy ish beruvchilari orasida qirollikning yetakchi jamoalari, jumladan, "Al-Ahli" va "Al-Ittihod" bor. Ta’kidlanishicha, Germaniya klubi rahbariyati hujumchini o‘z tarkibida saqlab qolish niyatida, biroq shartnomada ko‘rsatilgan 70 million yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. Ushbu band kuchga kirishidan oldin futbolchi jamoani tark etish istagi haqida rahbariyatni rasman xabardor qilish huquqiga ega.

Joriy mavsumda Keyn "Bavariya" safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ingliz futbolchisining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 07:10, 10.02.2026.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик