Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino: "Bir kun kelib APLda g‘olib chiqishimga ishonaman"

Pochettino: "Bir kun kelib APLda g‘olib chiqishimga ishonaman"

Baho:
+ | -

"Tottenxem", "PSJ" va "Chelsi" klublarining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bir kun kelib Angliya Premyer-ligasida (APL) g‘olib chiqishiga ishonishini ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda Pochettino AQSH terma jamoasini boshqarmoqda va jamoani uyda o‘tadigan JCH-2026ga tayyorlamoqda.

"Ha, men Premyer-ligada g‘olib chiqishimga ishonaman. Bu men uchun juda muhim. Agar sen ishonmasang, ichingda o‘sha intilish, ishtiyoq va kurashish hissi bo‘lmasa, muvaffaqiyatga erishish qiyin.

Chempionlar Ligasi — bu ajoyib turnir, u xuddi jahon chempionati kabi bir orzu. Lekin men ingliz futbolini chindan ham yaxshi ko‘raman, futbol shu yerda tug‘ilgan.

Men harakat qilishda davom etaman. Afsuski, bu qaysi klub bilan amalga oshishini hozircha bilmayman", — dedi Pochettino "The High Performance Podcast" podkastida.

Kiritildi: 07:21, 10.02.2026.
O'qildi: 1553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик