Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Madridning "Atletiko" klubi Ederson bo‘yicha kelishib olishga urinib ko‘radi

Madridning "Atletiko" klubi Ederson bo‘yicha kelishib olishga urinib ko‘radi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi Italiyaning "Atalanta" jamoasidan braziliyalik yarim himoyachi Ederson Lourensoni sotib olish bo‘yicha yana bir bor muzokaralar olib borishga harakat qiladi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

26 yoshli Ederson, amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadigan bo‘lsa-da, o‘zini yuqori darajali futbolchi sifatida ko‘rsata oldi va Yevropaning bir qancha yirik klublari tomonidan jamoani kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Italiya klubi futbolchini o‘z safida saqlab qolish istagini bildirgan va uni faqat katta mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Qishgi transfer oynasida rad javobini olgan bo‘lishiga qaramay, "Atletiko" mart oyida "Atalanta" bilan kelishishga yana bir bor urinib ko‘radi.

Joriy mavsumda Ederson 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:33, 10.02.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.