Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Gvardiola Xolandni himoya qildi: «Usiz natijalarimiz ancha yomon bo‘lardi»

Gvardiola Xolandni himoya qildi: «Usiz natijalarimiz ancha yomon bo‘lardi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xolandning sermahsulligi pasaygani borasidagi savollarga javob berishda davom etmoqda.

25 yoshli hujumchi so‘nggi 13 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i uch marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, bundan tashqari, ushbu gollarning ikkitasi penaltidan kiritilgan.

«Erling hozir 29 yoki 30 yoshda emasligini unutmaslik kerak. U hali yosh, rivojlanishda davom etmoqda va har mavsumda yaxshilanib bormoqda. U o‘z organizmini yaxshi biladi va har uch-to‘rt kunda maydonga tushish nimani anglatishini juda yaxshi tushunadi. Xolandsiz natijalarimiz bundan ancha yomonroq bo‘lardi», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Bugun «shaharliklar» o‘z maydonida «Fulxem»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 12:12, 11.02.2026.
O'qildi: 259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.