Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Slotga Luis Dias haqida savol berishdi

Slotga Luis Dias haqida savol berishdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" ustozi Arne Slot o‘tgan yozda "Bavariya"ga sotilgan vinger Luis Dias haqidagi savolga javob berdi.

"Qizillar" kolumbiyalik futbolchining sotuvidan 70 million yevro ishlab olishdi. Germaniyada Dias darhol o‘z mahoratini namoyish etdi va Myunxen grandining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.

"Yaxshi futbolchilarning ketishi doim seziladi. Dias o‘tgan mavsumda muhim rol o‘ynagan edi, lekin u yagona muhim o‘yinchi emasdi — boshqalar ham natijaga ta’sir ko‘rsatishgan. Diasning sotilishi misolida biz "Liverpul" qanday boshqarilishini ko‘rishimiz mumkin: 28 yoshli futbolchi uchun bunday taklif tushganida, klub barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qilib, u bilan xayrlashishga qaror qildi. Biz APLda, ayniqsa top-klublar orasida qoidadan istisnomiz. Oxirgi yillarda ushbu model bizga muvaffaqiyat keltirayotgani juda yoqimli. Hozir Luis Diasning "Bavariya"dagi ishlari joyida va bu meni hayron qoldirmaydi", — deya Slotning so‘zlarini "Bayern & Germany" nashri keltirmoqda.

Dias "Bavariya" safida 30 ta uchrashuvda 18 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:10, 11.02.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик