Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Barselona" Reshford jarohat olganini e’lon qildi

"Barselona" Reshford jarohat olganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" ijtimoiy tarmoqlarda hujumchi Markus Reshfordning holati bo‘yicha ma’lumot e’lon qildi. Kataloniya klubining xabar berishicha, ingliz futbolchisi "Malyorka"ga qarshi o‘yinda olgan zarbasidan so‘ng chap tizzasida og‘riq his qilmoqda.

Reshford "Atletiko"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Kubogining yaqinlashib kelayotgan bahsini o‘tkazib yuboradi, deb ta’kidlaydi "ko‘k-anorranglilar" matbuot xizmati.

Ma’lumki, 28 yoshli Markus Reshford "Barselona"da ijara asosida to‘p surmoqda. U "ko‘k-anorranglilar" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

"Atletiko" va "Barselona" Ispaniya Kubogi yarim finalida 12 fevral kuni to‘qnash kelishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. Javob uchrashuvi esa 3 mart kuniga belgilangan.

Kiritildi: 17:01, 11.02.2026.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик