Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Tottenxem" darvozaboni bilan shartnoma imzolashga tayyor

"Yuventus" "Tottenxem" darvozaboni bilan shartnoma imzolashga tayyor

Baho:
+ | -

«Yuventus» «Tottenxem» darvozaboni Gulyelmo Vikarioni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

«Gazzetta.it» nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi darvozabonni yozda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Shporlar» italiyalik posbonni taxminan 25 million yevroga baholamoqda. Agar qulay imkoniyat tug‘ilsa, «Yuventus» Vikarioni hamyonbop shartlar asosida xarid qilishga tayyor.

Shuningdek, «byankoneri» Mikele di Gregorioni sotish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor, chunki unga Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

Gulyelmo Vikario 2023 yilda «Empoli»dan «Tottenxem»ga 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon «shporlar» safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 48 ta to‘p olib chiqdi, 13 ta bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 22:24, 11.02.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик