Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 1-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilindi

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilindi

Baho:
+ | -

Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) Liga 1 ning 21-turidan o‘rin olgan «Nant»ga qarshi o‘yinda (1:0) «Lion» hujumchisi Endrikning maydondan chetlatilishi bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqdi. 19 yoshli braziliyalik futbolchi uchrashuvning 61-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.

Intizom qo‘mitasi videoyozuvlarni qayta ko‘rib chiqib va hakam hisoboti bilan tanishib chiqqach, braziliyalik hujumchining qizil kartochkasini bekor qilishga qaror qildi. Uning o‘rniga Endrikka sariq kartochka yozildi. Ushbu sariq kartochka futbolchi uchun bahsdagi ikkinchisi bo‘lgani sababli, maydondan chetlatish o‘z kuchida qoldi. Natijada Endrik faqatgina bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Ma’lumot uchun, Endrik shu yilning qishqi transfer oynasida «Real Madrid»dan «Lion»ga ijara asosida o‘tgan edi. Fransiya chempionatidagi 4 ta o‘yinida u 3 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.

Kiritildi: 08:06, 12.02.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик