Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kay Xavers bir necha haftaga safdan chiqdi — u muhim bahslarni o‘tkazib yuboradi

Kay Xavers bir necha haftaga safdan chiqdi — u muhim bahslarni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Kay Xavers mushaklaridan jarohat oldi va katta ehtimol bilan bir necha haftani o‘tkazib yuboradi.

Jurnalist Devid Orshteyn o‘zining «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, 26 yoshli germaniyalik futbolchi «Brentford», «Uigan» (Angliya Kubogi), «Vulverxempton» va «Tottenxem»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Xavers atigi o‘tgan oydagina tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lib, «kanonirlar» safiga qaytgan va so‘nggi to‘rtta o‘yinda ishtirok etgan edi.

Ayni damda «Arsenal» tarkibida jarohatlar sababli Mikel Merino, Martin Edegor, Bukayo Saka va Maks Douman kabi yetakchi futbolchilar ham maydonga tusha olishmayapti.

Kiritildi: 08:10, 12.02.2026.
O'qildi: 443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.