Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Yig‘indagi g‘alabalar meni xursand qilmaydi» – Vadim Abramov «Pyunik» mag‘lub etilgani va tayyorgarlik haqida

«Yig‘indagi g‘alabalar meni xursand qilmaydi» – Vadim Abramov «Pyunik» mag‘lub etilgani va tayyorgarlik haqida

Baho:
+ | -

«Pyunik» va «Dinamo» o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yinlar orqali tayyorgarlik ko‘rishda davom etyapmiz. Bugun omadimiz keldi, gollar urdik, bungacha ikkita o‘yinda gol urmagandik, bugun urganimiz xursand qiladi. Umuman olganda, hammasi reja bo‘yicha ketmoqda.

Ikki bo‘limda ikki xil taymga guvoh bo‘ldik? Ha albatta, hammaga o‘ynash imkonini berdik. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan o‘yinchilar o‘yinga temp qo‘shishdi va omadli gollar urildi.

O‘zgarishlar o‘yin uchun reja edimi? Reja faqat bitta – tayyorlanish va yutish. Shunday ham bo‘ldi.

Navbatdagi o‘yin 14 fevral kuni «Lokomotiv» Moskvaga qarshi? Yaxshi raqib. Ko‘rib turibsiz, har bir sparring uchun mamlakatlarning yetakchi klublariga qarshi o‘ynayapmiz. Umid qilamanki, bu jamoa va tarkibdagi yoshlar uchun foydali bo‘ladi.

3:0 hisobidagi g‘alabadan keyin hammasi yaxshi deb o‘ylaysan, shu bois o‘zi odatda qishki yig‘inlardagi g‘alabalar meni xursand qilmaydi. Chunki xuddi hammasi yaxshidek ko‘rinib, xotirjamlikka berilish mumkin. Ammo muammolar bor va biz buni yechishimiz kerak. Umid qilamanki, chempionat startigacha yechamiz», - dedi Vadim Karlenovich klub matbuot xizmatiga.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:21, 12.02.2026.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик