Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Benzema kelganidan so‘ng Nunyes "Al-Hilol"ga kerak bo‘lmay qoldi

Benzema kelganidan so‘ng Nunyes "Al-Hilol"ga kerak bo‘lmay qoldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyes Karim Benzema jamoaga kelib qo‘shilganidan so‘ng Saudiya Arabistoni chempionati o‘yinlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, Ar-Riyod klubi 32 yoshli himoyachi Pablo Mari va yozda «Liverpul»dan bonuslar bilan birga 65 million yevroga sotib olingan 26 yoshli urugvaylik futbolchini mavsum uchun qaydnomadan chiqarib tashlagan.

Shu tariqa, Saudiya Pro-ligasining 16 ta o‘yinida 6 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan Nunyes endilikda ichki chempionat bahslarida maydonga tusha olmaydi. U faqatgina Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Hilol» fevral oyi boshida 38 yoshli Karim Benzemani «Al-Ittihod» jamoasidan o‘z safiga qo‘shib olgan edi. «Real Madrid»ning sobiq hujumchisi yangi jamoasidagi debyut o‘yinidayoq xet-trik qayd etdi va Malkomning goliga assistentlik qildi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni klublariga 10 nafargacha chet ellik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgan, biroq ularning faqat 8 nafari bir vaqtning o‘zida maydonda harakat qilishi mumkin.

Kiritildi: 21:16, 12.02.2026.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.