«Barselona» XXI asrda ilk bor birinchi bo‘limdan so‘ng to‘rtta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldi.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa Ispaniya Kubogi yarim finalining tanaffusiga qadar «Atletiko»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi. Kataloniyaliklar bilan ushbu turnirda 1943 yildan beri bunday holat yuz bermagan — o‘shanda ular yarim final o‘yinining birinchi bo‘limida «Real»ga 0:8 hisobida yutqazishgan. O‘sha uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 11:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
1953 yil 25 oktyabrdan beri ilk bor «blaugrana» rasmiy o‘yinning birinchi bo‘limida 4 ta to‘p farqi bilan ortda qoldi. O‘shanda ular birinchi bo‘limda «Real»dan javobsiz 4 ta gol o‘tkazib yuborishgan va ikkinchi bo‘limda yana bitta gol qo‘shilgan edi. O‘sha o‘yin Kubok emas, balki Ispaniya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan.
«Atletiko» o‘z tarixida ikkinchi bor «Barselona»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limini 4:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Avvalroq bunday natija 1949 yilning noyabrida qayd etilgan va o‘sha o‘yin 4:1 hisobida yakunlangan edi.













