«Barselona» prezidenti vazifasini bajaruvchi Rafa Yuste Ispaniya Kubogi dastlabki yarim final uchrashuvida «Atletiko»ga (0:4) qarshi o‘yinda himoyachi Pau Kubarsining goli bekor qilingani haqida gapirdi.
Ikkinchi bo‘limda 6 daqiqalik tekshiruvdan so‘ng, bosh hakam Xuan Martines Munuera offsayd sababli Kataloniya klubining golini bekor qildi. Yuste VAR qarorini «sharmandalik» deb atadi va «qaror kutish uchun sarflangan sakkiz daqiqa»dan noroziligini bildirdi.
"Prezident sifatida shuni aytmoqchimanki, biz buni e’tiborsiz qoldirmaymiz va tushuntirish talab qilamiz. O‘yinda nima sodir bo‘lishini bilish uchun sakkiz daqiqa o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", — dedi Yuste «Catalunya Radio»ga bergan intervyusida.













