Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Upamekano "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishga izoh berdi

Upamekano "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishga izoh berdi

Baho:
+ | -

Dayo Upamekanoning kelajagi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘yildi — «Bavariya» himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. 27 yoshli futbolchi yangi mehnat shartnomasiga imzo chekkanidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bavariya»da qolayotganimdan va ushbu jamoada o‘ynashda davom etayotganimdan juda xursandman. Bizda ajoyib tarkib va ajoyib murabbiy bor — birgalikda oldimizga katta maqsadlarni qo‘yganmiz. Hayotda hamma narsani mentalitet hal qiladi — men har bir mashg‘ulotda jamoadoshlarim uchun bor kuchimni beraman, har bir o‘yinda darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishni va «Bavariya» bilan iloji boricha ko‘proq sovrinlar yutishni xohlayman», — deya Upamekanoning so‘zlarini keltirmoqda Myunxen klubi rasmiy sayti.

Dayo Upamekanoning yangi shartnomasi endi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Shanba kuni «Bavariya» safarda «Verder» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 18:24, 13.02.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.