Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

"Barselona"ning mag‘lubiyati janjalga aylandi. Tafsilotlar

"Barselona"ning mag‘lubiyati janjalga aylandi. Tafsilotlar

Baho:
+3 | -

"Barselona" futbol klubi Ispaniya Kubogi dastlabki yarim finalida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi o‘yinda himoyachi Pau Kubarsining bekor qilingan goli sababli Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga (RFEF) rasmiy shikoyat yo‘llash niyatida.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi rahbariyati hakamlarning qaroridan ham, ushbu qarorni qabul qilish jarayonidan ham nihoyatda norozi. Tegishli murojaat yaqin vaqt ichida federasiyaga yuborilishi kutilmoqda.

Mashmashaga sabab bo‘lgan vaziyat Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida sodir bo‘ldi. Unda "Atletiko" o‘z maydonida "Barselona"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Madridda o‘tgan bahsda hisob 7-daqiqadayoq mehmonlar himoyachisi Erik Garsiyaning avtogolidan so‘ng ochildi. 14-daqiqada Antuan Grizmann mezbonlar ustunligini oshirgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib "Atletiko" Ademola Lukman (33-daqiqa) va Xulian Alvaresning (45+2-daqiqa) gollari evaziga hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi, biroq 86-daqiqada "Barselona" 1 kishi kam bo‘lib qoldi — Erik Garsiya qizil kartochka oldi. Kataloniyaliklarning gollaridan biri hakamlar brigadasining aralashuvidan so‘ng bekor qilindi va aynan shu holat rasmiy shikoyat tayyorlanishiga sabab bo‘ldi.

Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvi 3 martdan 4 martga o‘tar kechasi Barselonadagi "Spotify Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Ispaniya Kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:36, 14.02.2026.
O'qildi: 15609 marta.
Fikrlar: 110 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик