Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot Konate va Van Deykni solishtirdi

Slot Konate va Van Deykni solishtirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o‘z jamoasining ikki markaziy himoyachisi — Ibraima Konate va Virjil van Deykni o‘zaro taqqosladi.

Joriy mavsumda fransuz futbolchisi xatolari tufayli tez-tez tanqidlar nishoniga aylanmoqda. "Qizillar" ustozi 26 yoshli o‘yinchining xizmatlarini past baholamaslikka chaqirdi.

"Ibraima Virjil kabi yaxshi o‘yinchi. Ishonchim komil, yoshdagi farq ham o‘z rolini o‘ynaydi. Ibu oxirgi paytlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U mavsum boshida ham yaxshi harakat qilgandi, ammo birgina golga olib kelgan xato odamlarning unga bo‘lgan munosabatini darrov o‘zgartirib yubordi.

Men "Liverpul"ga kelgan vaqtimdan beri Konate va van Deyk maydonda doimo ajoyib tarzda hamkorlik qilib kelishmoqda. Ikkalasi ham doimiy ravishda yaxshi sport formasida va biz uchun muhim ahamiyatga ega — bu nafaqat ularning mahorati, balki himoyadagi variantlarimiz kamligi bilan ham bog‘liq", — deya Slotning so‘zlarini keltiradi "Anfield Sector".

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (yakshanbaga o‘tar kechasi) Angliya Kubogi doirasidagi "Liverpul" va "Brayton" o‘rtasidagi bahs boshlanadi.

Kiritildi: 13:12, 14.02.2026.
O'qildi: 171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.