Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Pochettino "Tottenxem"ga qaytadimi?

Pochettino "Tottenxem"ga qaytadimi?

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy lavozimiga qaytarish g‘oyasidan voz kechgani yo‘q. Bu haqda "Telegraph" nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, Igor Tudor "shporlar" bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Tudorning tayinlanganiga qaramay, "Tottenxem" yozda AQSH terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning klubga qaytish imkoniyatini ochiq qoldirgan. Tudorning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi, Pochettinoning AQSH terma jamoasi bilan kelishuvi esa jahon chempionatidan so‘ng yakuniga etadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, hozircha "Tottenxem" Tudorning tayinlanganini rasman e’lon qilmadi, biroq poytaxt klubi avvalroq qoniqarsiz natijalar tufayli Tomas Frank iste’foga chiqarilganini ma’lum qilgan edi.

26 turdan so‘ng "Tottenxem" 29 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:40, 14.02.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик