Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kurtua faoliyatidagi eng yaxshi seyvini aytdi

Kurtua faoliyatidagi eng yaxshi seyvini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua butun faoliyati davomidagi eng yaxshi seyvi deb qaysi vaziyatni hisoblashini aytib berdi.

Belgiyalik posbon 2022 yilgi Chempionlar ligasi finalida «Liverpul»ga qarshi o‘yindagi seyvini alohida ajratib ko‘rsatdi.

«Eng yaxshi seyv? 2022 yilda Mane zarba bergan vaziyatdagi seyv. U markazga qarab harakatlandi va men chapga qadam tashlagan edim, shu sababli zarbani qaytarish uchun tezkorlik bilan yo‘nalishni o‘zgartirishim va tanamning vaznini o‘ng tomonga o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi. Bu juda qiyin edi. To‘pga arang tegib, uni ustunga yo‘naltirganman», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi «Madrid Universal».

O‘sha finalning qahramoni aynan «qaymoqranglilar» darvozaboni bo‘lgan edi — u «qizillar»ning darvoza sohasiga yo‘llagan barcha zarbalarini qaytargan. Madridliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi g‘olibiga aylanishgan.

Kiritildi: 17:40, 14.02.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.