"PSJ" joriy chempionatda avvalgi ikki mavsumning har biriga qaraganda ko‘proq o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.
Kecha Luis Enrike shogirdlari 22-tur doirasida safarda "Renn" jamoasiga imkoniyatni boy berishdi — 1:3.
29 noyabr kuni parijliklar Liga 1 bahslarida "Monako"ga (0:1), 22 sentyabrda esa "Marsel"ga (0:1) yutqazib qo‘yishgan edi. Shu tariqa, ularning hisobida allaqachon uchta mag‘lubiyat mavjud.
Taqqoslash uchun, 2024/25 va 2023/24 yilgi mavsumlarning har birida "PSJ" chempionat davomida jami ikki martadangina mag‘lubiyat alamini tortgan edi.













