Germaniya Bundesligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda «Bavariya» safarda «Verder»ni mag‘lub etdi — 3:0.
Myunxenliklar safida Xarri Keyn dublga erishdi. Angliyalik hujumchi 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib o‘yindan gol urdi. Yana bir gol Leon Goreska (70-daqiqa) hisobiga yozildi.
«Bavariya» (57 ochko) 22 tur ichida 18-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va Bundesligada peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Verder» (19 ochko) esa turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Parallel ravishda kechgan o‘yinlarda «Ayntraxt» Gladbaxning «Borussiya»sini tor-mor etdi (3:0), «Gamburg» «Union»dan ustun keldi (3:2), «Xoffenxaym» esa «Frayburg»ni mag‘lub etdi (3:0).
Germaniya Bundesligasi, 22-tur
14 fevral, 19:30. «Vezershtadion» stadioni.
«Verder» — «Bavariya» — 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 22 Keyn (penalti), 0:2 – 25 Keyn, 0:3 – 70 Goreska.
«Verder»: Bakxaus, Fridl, Kulibali (Malatini, 61), Shtark (Mbangula, 46), Linen, Agu (Shmidt, 65), Puertas, Stage (Chovich, 65), Shmid, Ndjinma (Sugavara, 79), Gryull.
«Bavariya»: Noyer (Urbig, 46), Kim Min Dje, Ta, Stanishich (Deyvis, 70), Laymer, Kimmix (Bishof, 76), Goreska, Gnabri (Musiala, 69), Dias, Karl, Keyn (Djekson, 86).
Ogohlantirishlar: Linen (28), Shtark (37), Puertas (90) — Musiala (80).
Germaniya Bundesligasi, 22-tur
14 fevral, 19:30. «Doyche Bank Park» stadioni.
«Ayntraxt F» — «Borussiya M» — 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Braun, 2:0 – 34 Amaymuni-Eshguyab, 3:0 – 75 Knauff.
«Ayntraxt F»: Santos, Kox, Amenda, Kristensen (Kollinz, 46), Larsson (Sxiri, 79), Getse (Knauff, 70), Braun, Doan, Baoyya, Amaymuni-Eshguyab (Arrxov, 79), Kalimuendo (Daud, 17).
«Borussiya M»: Nikolas, Elvedi, Takai, Zander (Matino, 46), Engelxardt, Ulrix, Kastrop (Skalli, 65), Shteger (Bolin, 65), Rays, Onora, Tabakovich (Moxya, 79).
Ogohlantirishlar: Getse (54), Kox (78), Arrxov (87) — Rays (84), Engelxardt (89).
Germaniya Bundesligasi, 22-tur
14 fevral, 19:30. «Folksparkshtadion».
«Gamburg» — «Union B» — 3:2 (2:1)
Gollar: 0:1 – 28 Kverfeld (penalti), 1:1 – 35 Kenigsderffer, 2:1 – 45 Kapaldo, 3:1 – 82 Kenigsderffer, 3:2 – 89 Ilich.
«Gamburg»: Oyer Fernandesh, Torunariga, Vushkovich, Kapaldo (Elfadli, 87), Muxaym, Remberg, Viyeyra, Djatta (Gocholeishvili, 74), Otele (Dompe, 72), Glatsel (Poulsen, 72), Kenigsderffer (Mikelbrensis, 87).
«Union B»: Rennov, Nsoki (Berk, 84), Kverfeld, Duki, Ken, Kemlyayn (Shefer, 84), Xedira (Kral, 75), Trimmel, Chon U Yen (Skarke, 61), Ansa (Burdju, 61), Ilich.
Ogohlantirishlar: Vushkovich (50), Kapaldo (64).
Germaniya Bundesligasi, 22-tur
14 fevral, 19:30. «PreZero Arena».
«Xoffenxaym» — «Frayburg» — 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 46 Asllani, 2:0 – 51 Ozan Kabak, 3:0 – 90+5 Gendri.
«Xoffenxaym»: Baumann, Granach, Ozan Kabak, Xaydari, Soufal (Gendri, 90+4), Premel, Avdullaxu, Byurger, Ture (Prass, 73), Kramarich (Bebu, 86), Asllani (Moerstedt, 74).
«Frayburg»: Atubolu, Ginter, Ogbus, Gyunter, Troy (Beste, 88), Osterage, Eggeshtayn, Sudzuki (Matanovich, 57), Sherxant (Grifo, 72), Irye (Rozenfelder, 46, Yung, 57), Xeler.
Ogohlantirishlar: Ture (9), Premel (24), Ozan Kabak (53) — Osterage (55).













