Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Byornli"ning Kubokdagi sharmandali mag‘lubiyatiga jamoa ustozi munosabat bildirdi

"Byornli"ning Kubokdagi sharmandali mag‘lubiyatiga jamoa ustozi munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Byornli" klubi bosh murabbiyi Skott Parker shogirdlarining Angliya Kubogini tark etganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. APL vakilining mamlakat uchinchi divizioni jamoasi "Mansfild Taun"ga qarshi uchrashuvi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Muxlislar va ekspertlar Parkerni o‘tgan o‘yinga nisbatan asosiy tarkibda 9 ta o‘zgarish amalga oshirgani uchun keskin tanqid qilishmoqda.

"Muammo ushbu o‘zgarishlarda deb o‘ylamayman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz umuman qovushmadi, ko‘plab qulay imkoniyatlarni boy berdik. Ikkinchi bo‘lim esa juda muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Biz raqibga ilgarilab ketish uchun imkon berdik va shundan so‘ng hech narsani hal qila olmadik. Shunchaki juda yomon natija", — deya Parkerning so‘zlarini keltirmoqda evrimagaci.org.

Shuningdek, Parker o‘zini ishonchli his qilayotganini va iste’foga chiqarilishi haqida o‘ylamayotganini ta’kidladi. "Byornli" hozirda APLning xavfli hududida bormoqda va jon saqlab qolish mumkin bo‘lgan 17-o‘rindan 9 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 12:17, 15.02.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.