Xarri Keyn "Verder" darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va Germaniya joriy chempionatidagi gollari sonini 26 taga yetkazib oldi. Ingliz futbolchisida Robert Levandovskining Bundesliga bir mavsumidagi rekordini (41 gol) yangilash uchun yaxshi imkoniyat bor. Shunga qaramay, "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompanining fikricha, Keyn uchun jamoa natijasi birinchi o‘rinda turadi.
"Menimcha, Bundesliga chempionligi Keyn uchun rekorddan ko‘ra ancha muhimroq", — dedi Kompani jurnalistlarga. Shundan so‘ng mutaxassis tabassum bilan qo‘shimcha qildi: "Ammo, balki men adashayotgandirman, chunki men himoyachi bo‘lganman, u esa — hujumchi. Keyn doim gol urgan va urishda davom etadi".
"Bavariya" Bundesliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Borussiya" bilan oradagi farq olti ochkoni tashkil etadi.













