«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik braziliyalik hujumchi Rafinya Diasning yo‘qligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Bizga Rafinya yetishmayapti. Bu hatto mashg‘ulotlarda ham bilinib qolmoqda. Men uchun o‘tgan yili u eng yaxshi futbolchi edi, — dedi Flik matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda 29 yoshli braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













