Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Runi «Manchester Yunayted»da ishlashga tayyorligini bildirdi

Runi «Manchester Yunayted»da ishlashga tayyorligini bildirdi

Baho:
+ | -

Mashhur sobiq ingliz futbolchisi Ueyn Runi nafaqat bosh murabbiy, balki yordamchi murabbiy sifatida ham ishlashga tayyor bo‘lgan klublarini aytdi. U «Manchester Yunayted» va «Everton» klublarini alohida ajratib ko‘rsatdi. Ueyn faoliyati davomida har ikkala jamoada to‘p surgan.

Hozirda Runi o‘z faoliyatini bosh murabbiy sifatida qurishni istaydi. Biroq, «MYU» yoki «Everton»ga hatto assistent lavozimida bo‘lsa ham qaytishga tayyor. Sobiq futbolchining ta’kidlashicha, bu klublar uning qalbiga yaqindir.

«Bosh murabbiylik faoliyatimga qaytishni istardim. Yordamchi bo‘lib ishlashga tayyormanmi? Bir necha hafta oldin mendan «Yunayted»ga boshqa rolda qaytgan bo‘larmiding, deb so‘rashgandi. Albatta, qaytgan bo‘lardim. Ehtimol, hatto assistent sifatida ham qaytadigan yagona ikki klubim — bu «Everton» va «Yunayted». Chunki bu ikki jamoa qalbimga juda yaqin», — dedi Runi.

Kiritildi: 13:43, 16.02.2026.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.