Niko Shlotterbek va Niklas Zyule Chempionlar ligasi doirasidagi «Atalanta»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.
Dortmundning «Borussiya» klubi matbuot xizmati himoyachilar bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmasligini va ertangi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi. Xabar qilinishicha, Shlotterbekda mushaklarda noqulaylik, Zyuleda esa son qismida jarohat bor.
Shu tariqa, ertangi Chempionlar ligasi pley-off o‘yini oldidan «Borussiya» ixtiyorida faqat bitta nominal markaziy himoyachi — Valdemar Anton qoldi.













