Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Palladino Dortmunddagi o‘yin haqida: «Barchamiz zavq olishimiz kerak»

Palladino Dortmunddagi o‘yin haqida: «Barchamiz zavq olishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Italiyaning «Atalanta» jamoasi bosh murabbiyi Raffaele Palladino Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bo‘lib o‘tadigan safar o‘yini haqida fikr bildirdi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

«Ushbu sport turi va bu kasb insonga aql bovar qilmaydigan hissiyotlarni taqdim etadi. Ikki kundan beri ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rar ekanman, adrenalin ta’siridaman. Yigitlar ham maydonga tushishni intizorlik bilan kutishmoqda. Men juda xursandman va kuchga to‘laman, barchamiz bundan zavq olishimiz kerak», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Shuningdek, murabbiy Dortmunddagi kabi ajoyib muxlislarning tribunalarda bo‘lishi o‘yinga yanada ko‘proq joziba bag‘ishlashini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (18 fevralga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 17:05, 17.02.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.