Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

«Jirona» — «Barselona» o‘yinida ishlagan VAR hakami chetlatildi

«Jirona» — «Barselona» o‘yinida ishlagan VAR hakami chetlatildi

Baho:
+2 | -

La Liganing 24-turidan o‘rin olgan «Jirona» va «Barselona» (2:1) uchrashuvidagi mashmashali vaziyat sababli VAR hakami jazolanadigan bo‘ldi.

O‘yinning 86-daqiqasida Fran Beltran tomonidan kiritilgan goldan avval «Jirona» yarim himoyachisi Klaudio Echeverri to‘pni o‘ziga bo‘ysundirayotgan vaqtda «Barsa» himoyachisi Jyul Kundening oyog‘ini bosib olgan. Fransuz himoyachisi maydonga yiqilgan, Echeverri esa hujumni davom ettirib, Xoel Rokaga pas bergan, u esa Beltranga golli uzatmani yetkazgan.

VAR hakamlari vaziyatni ko‘rib chiqishgan bo‘lsa-da, bosh hakam Sesar Soto Gradoni monitor yoniga chaqirishmagan. Natijada gol inobatga olingan va bu «Jirona»ga g‘alaba keltirgan.

"As" nashrining xabariga ko‘ra, La Liga Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) Echeverrining harakatini qoida buzilishi deb topdi. Demak, VAR vaziyatga aralashishi va Beltranning goli bekor qilinishi kerak edi.

Ushbu bahsda VAR uchun mas’ul bo‘lgan hakam David Galves Raskon noma’lum vaqtga o‘z vazifasidan chetlatildi.

Kiritildi: 00:17, 18.02.2026.
O'qildi: 3235 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик