Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

YECHL. «Borussiya» D «Atalanta»ga imkoniyat qoldirmadi

YECHL. «Borussiya» D «Atalanta»ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasida Dortmundning «Borussiya» va Bergamoning «Atalanta» jamoalari o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv yakunlandi. Dortmunddagi (Germaniya) stadionda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvni niderlandiyalik bosh hakam Serdar Gyozyubyuyuk boshqarib bordi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq Seru Girassi hisobni ochdi va dortmundliklarni oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada Maksimilian Bayer nemis jamoasining ustunligini ikki baravarga oshirdi.

Javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, Germaniya jamoasi 11 ochko bilan 17-o‘rinni, Italiya klubi esa 13 ochko bilan 15-o‘rinni egallagan edi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning joriy mavsumdagi final bahsi Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini 2026 yil 30 mayga belgilangan.

Yevropa Chempionlar ligasi, O‘tish o‘yini

«Borussiya D» (Germaniya) — «Atalanta» (Italiya) — 2:0

Gollar: Girassi, 3 (1:0). Bayer, 42 (2:0).

«Borussiya D»: Kobel, Anton, Bensebaini, Redjani, Bellingem, Nmecha (Zabitser, 83), Svensson, Ryuerson, Brandt (Chukvuemeka, 70), Bayer (Adeyemi, 70), Girassi (Silva, 83).

«Atalanta»: Karnesekki, Djimsiti (Xin, 46), Kolashinas, Kossunu, Ederson, de Ron (Sulemana, 63), Bernaskoni, Dzappakosta (Bellanova, 72), Pashalich, Zalevski (Samardjich, 82), Skamakka (Krstovich, 46).

Ogohlantirishlar: Redjani, 18. Anton, 48 — Djimsiti, 40. Kossunu, 40. Skamakka, 45.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:19, 18.02.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.