Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tchuameni "Benfika" bilan o‘yindagi irqchilik mojarosi tafsilotlarini ochiqladi

Tchuameni "Benfika" bilan o‘yindagi irqchilik mojarosi tafsilotlarini ochiqladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi xavbeki Orelyen Tchuameni Chempionlar ligasi pley-off bosqichining Lissabonning "Benfika" jamoasiga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvidagi mojaroga izoh berdi. O‘yin davomida "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Junior irqiy kamsituvchi haqoratlarga duchor bo‘lgan edi.

"Jamoada hamma Vinisiusni qo‘llab-quvvatlaydi. U bizga hammasini aytib berdi, lekin "Benfika" futbolchisi buni inkor etmoqda. Biz hatto maydonni tark etmoqchi ham bo‘ldik. Ammo Vini davom ettirishimiz va g‘alabaga erishishimiz kerakligini aytdi. Biz aynan shunday qildik. "Real" loyiq bo‘lgan g‘alabasini qo‘lga kiritdi", – deya "SoFoot" fransuz futbolchisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

O‘yin "qaymoqranglilar"ning 1:0 hisobidagi kichik g‘alabasi bilan yakunlandi. Javob uchrashuvi kelasi hafta Madridda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:07, 18.02.2026.
O'qildi: 1651 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик