Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-0 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-0 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

“Manchester Yunayted” “Nyukasl” vingeri uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

“Manchester Yunayted” “Nyukasl” vingeri uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun katta transferni amalga oshirishi mumkin. Fichajes nashrining xabar berishicha, “Old Trafford” egalari jamoaga o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi kerak deb hisoblamoqda. Asosiy nishon — “Nyukasl” va Angliya terma jamoasining 24 yoshli iqtidorli futbolchisi Entoni Gordon.

Ma’lum qilinishicha, “qizil iblislar” futbolchining transferi uchun 100 million yevro atrofida mablag‘ sarflashni rejalashtirgan. “Nyukasl” o‘z yetakchisini qo‘yib yuborishni istamayotgan bo‘lsa-da, 100 million yevrolik taklif klub rahbarlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi mumkin.

Biroq bu poygada “Yunayted”ning raqibi ancha jiddiy. Xabarlarga ko‘ra, “Liverpul” ham Gordonni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mersisaydliklar Entonini Muhammad Salohning munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Gordon joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 5 ta assist qayd yozdirib qo‘ygan. Klub futbolchini 2023-yilda 40 million yevro evaziga sotib olingan edi. Hozirda uning qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:31, 18.02.2026.
O'qildi: 1392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.