Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Kvarasxeliya Chempionlar ligasida Anrining antirekordini takrorladi

Kvarasxeliya Chempionlar ligasida Anrining antirekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya «Monako»ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi o‘yinida yoqimsiz statistika bilan yodda qoldi.

Pley-off bosqichining ilk uchrashuvi parijliklarning 3:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Kvarasxeliya maydonda 69 daqiqa harakat qildi va samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

«Opta Sports» ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi butun o‘yin davomida «Monako» darvozasiga sakkiz bor zarba bergan, biroq ularning birortasi aniq chiqmagan (darvoza sohasiga bormagan). Ta’kidlanishicha, bu Chempionlar ligasining antirekordi (statistika 2003 yildan beri yuritiladi) takrorlanishidir. Bu antirekord «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anriga tegishli bo‘lib, fransuz bilan bunday holat ikki marta — 2004 yilda «Chelsi»ga va 2006 yilda SSKAga qarshi o‘yinlarda sodir bo‘lgan.

Ushbu mavsumda Xvicha barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va oltita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:04, 18.02.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик