Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» yulduzi:«Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas»

«PSJ» yulduzi:«Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas»

Baho:
+ | -

«PSJ» futbolchisi Dezire Due Chempionlar ligasi doirasida «Monako»ga qarshi kechgan bahsdan (3:2) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

20 yoshli vinger uchrashuv qahramoniga aylandi: u 27-daqiqada, hisob monegasklar foydasiga 2:0 bo‘lib turgan vaziyatda jarohat olgan Usmon Dembele o‘rniga maydonga tushdi va ikkita gol hamda bitta assist qayd etishga ulgurdi. Aynan yosh fransuz 67-daqiqada mehmonlarning g‘alaba goli muallifiga aylandi.

«Biz xursandmiz. Eng muhimi — g‘alaba qozonishni uddaladik. Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas, shunchaki o‘z futbolimni o‘ynashga harakat qilyapman. Bugun bu o‘z natijasini berdi — gol urdim va jamoamga yordam berdim, o‘z ishimni bajardim. Murabbiy asosiy tarkibni tanlaydi va eng kuchlilarni maydonga tushirishga intiladi. Men asosiy tarkibda tushmagan bo‘lsam-da, o‘z hissamni qo‘shdim va bundan juda mamnunman», — dedi Due «Canal+»ga bergan intervyusida.

Javob o‘yini kelgusi chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:57, 18.02.2026.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик