Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Vinisius: «Bernabeu»da ko‘rishamiz» (Foto)

Vinisius: «Bernabeu»da ko‘rishamiz» (Foto)

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/16 finalining ilk uchrashuvida "Benfika"ni minimal hisobda mag‘lub etdi. "Qaymoqranglilar" tarkibida yagona golni Vinisius kiritdi.

Braziliyalik futbolchi nafaqat gol muallifi, balki janjal sababchisiga ham aylandi. "Blankos" vingeri golni "Benfika"ning burchak bayroqchasi yonida provokasion tarzda nishonladi. Bu esa portugal klubi o‘yinchilariga ham, muxlislariga ham ma’qul kelmadi.

Ko‘p o‘tmay maydonda to‘polon boshlandi va unda Vinisius "burgutlar" a’zosi Janluka Prestiannini irqchilikda aybladi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi, ammo bahs baribir davom ettirildi.

Janjalga qaramay, braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘sha provokasion gol nishonlashi aks etgan suratni joylashtirdi va unga keskin xabar ilova qildi: "Bernabeuda ko‘rishamiz".

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 26 fevralga o‘tar kechasi Madridda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:11, 18.02.2026.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик