«Benfika» hujumchisi Janluka Prestianni «Real» forvardi Vinisius Junior bilan sodir bo‘lgan voqea sababli 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Kuni kecha braziliyalik futbolchi argentinalik raqibi tomonidan irqchilik haqoratlariga duch kelganini ma’lum qilgan edi.
UEFA ayni damda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, agar irqchilik haqoratlari bo‘yicha dalillar topilsa, Prestianni 10 ta o‘yinga chetlatilishi mumkin.
Ushbu me’yor 2013 yilda joriy etilgan bo‘lib, 2021 yilda Yevropa Ligasi doirasidagi «Slaviya» — «Reyndjers» uchrashuvidan so‘ng qo‘llanilgan edi. O‘shanda Glen Kamaraga nisbatan irqchilik qilgani uchun chexiyalik Ondrjey Kudela 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi.













