Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘zbekistonlik sportchilar qishki Olimpiadani medalsiz yakunladi

O‘zbekistonlik sportchilar qishki Olimpiadani medalsiz yakunladi

Baho:
+ | -

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi doirasida O‘zbekiston sharafini short-trek bo‘yicha Daniil Yeybog hamda tog‘ chang‘isi yo‘nalishida Medet Nazarov himoya qildi.

Dastlab short-trekda Yeybog 1500 metr masofadagi bahslarda chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. U o‘z guruhida 2 daqiqa 16.963 soniya natija bilan uchinchi bo‘lib marraga yetib kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Keyinchalik “B” finalida qatnashgan sportchi marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi va 1500 metr masofadagi bahslarni 14-o‘rinda yakunladi.

Shuningdek, Yeybog 500 metr masofadagi saralash bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Chorak finalda u marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi va ushbu masofada yarim finalga chiqa olmadi. Shu tariqa, short-trekchi Milan–Kortina qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Tog‘ chang‘isi yo‘nalishida Medet Nazarov gigant-slalom dasturida odatga ko‘ra ikki startni amalga oshirdi. Birinchi urinishda 1 daqiqa 25.75 soniya, ikkinchi urinishda esa 1 daqiqa 21.14 soniya natija qayd etildi. Ikki urinish yakunlariga ko‘ra jami 2 daqiqa 46.89 soniya bilan u gigant-slalom dasturini 50-pog‘onada tugatdi.

Shuningdek, Nazarov slalom dasturidagi birinchi startda 1 daqiqa 7.51 soniya natija ko‘rsatdi. Biroq ikkinchi startda finishga yetib kela olmadi va slalom bahslarini muddatidan avval yakunladi. Shu bilan tog‘ chang‘ichining Olimpiadadagi ishtiroki nihoyasiga yetdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegasiyasi ushbu musobaqa uchun jami beshta Olimpiya yo‘llanmasiga ega bo‘lgan edi. Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish figurali uchish bo‘yicha juftlik bahslarida Olimpiya lisenziyasini qo‘lga kiritgan. Biroq tayyorgarlik jarayonida Chigirev jarohat olib, Olimpiya o‘yinlariga qadar to‘liq tiklana olmadi. Shu sababli O‘zbekiston sportchilari Milan–Kortina–2026 musobaqalarida tog‘ chang‘isi va short-trek yo‘nalishlarida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 1994 yilda Lina Cheryazova Norvegiyaning Lillyehammer shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida fristayl (chang‘i akrobatikasi) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan qatnashib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Ushbu medal hozirga qadar mamlakat tarixidagi yagona qishki Olimpiya oltini bo‘lib qolmoqda.

Cheryazova uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 2019 yil 23 mart kuni 50 yoshida Rossiyaning Novosibirsk shahrida vafot etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:02, 19.02.2026.
O'qildi: 1702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик