Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Pau Kubarsi: "Inigo Martines bilan o‘zimni to‘liq xavfsiz his qilardim"

Pau Kubarsi: "Inigo Martines bilan o‘zimni to‘liq xavfsiz his qilardim"

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi sobiq jamoadoshi Inigo Martines haqida fikr bildirdi.

"Inigo Martines bilan o‘zimni to‘liq xavfsiz his qilardim. U tajribali futbolchi sifatida menga juda katta yordam berdi. Lekin Erik, Jerar va Ronald bilan ham juda yaxshi til topishdik", — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, Martines "Barselona" safida 2023 yildan 2025 yilgacha o‘ynagan. O‘tgan yozda 34 yoshli ispan futbolchisi Saudiyaning "An-Nasr" jamoasiga o‘tdi.

Joriy mavsumda 19 yoshli Kubarsi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi. 22 fevral kuni "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 14:39, 19.02.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик